1

Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Akademiyada

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Siti Ruhaini Juhayatin boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, Akademiya rektori Muzaffar Kamilov, prorektorlar Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Ilhom Bekmirzayev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanbayev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi. 

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy, ilmiy va akademik hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Toshkentdagi Indoneziya elchixonasi, Indeneziyaning Jojakarta islom universiteti va O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 20-may kuni “O‘zbekiston – Indoneziya tajriba almashinuv dasturi: O‘zbekistondagi mahalla va Indoneziyadagi kampung institutlarining ijtimoiy hamohangligi va barqarorligini mustahkamlash” nomli ilmiy seminar va madaniy tadbir o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. 

Xususan, elchixona tomonidan tadbir dasturining dastlabki loyihasi taqdim etildi. 

Uchrashuvda dastur loyihasiga akademiya tomonidan takliflarni kiritgan holda takomillashtirish, tadbirning madaniy qismida ikki mamlakat urf-odatlari va milliy qadriyatlarini namoyish etish, Jojakarta islom universiteti va Alma Ata universitetlari hamda Akademiya o‘rtasida Anglashuv memorandumlarini imzolash kabi masalalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, turizm, islom iqtisodiyoti, islom bank tizimi kabi yo‘nalishlarda ikki tomonlama qo‘shma ta’lim dasturlari, seminarlar, konferensiyalar tashkil etish va ilmiy jurnallarda maqolalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalasi kun tartibida bo‘ldi. 

Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi hamda tomonlar kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish