ICESCO Ijroiya kengashining 46-sessiyasi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ICESCO Ijroiya kengashining 46-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov onlayn tarzda ishtirok etdi.
Tadbir davomida ICESCO Bosh direktori hamda Ijroiya kengashi raisi lavozimiga nomzodlarni tasdiqlash jarayoni o‘tkazildi. Ochiq va shaffof tarzda tashkil etilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra amaldagi Bosh direktor Salim Malik qayta tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun aytish joizki, Tashkilotga a’zo 53 mamlakatdan 44 tasi ishtirok etdi.
Akademiya rektori Muzaffar Kamilov Salim Malik rahbarligi davrida O‘zbekiston va ICESCO o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, amaliy natijalarga erishilgani qayd etdi.
Shuningdek, Ijroiya kengashi raisi lavozimiga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi ta’lim vazirligi Bosh kotibi Navvof Jarimi nomzodi tasdiqlandi.
Tadbir davomida ICESCOning yillik moliyaviy hisoboti ko‘rib chiqildi. Unda qayd etilishicha, ayrim mamlakatlarda badallarni to‘lashda kechikishlar yoki qisman bajarish holatlari kuzatilayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston ushbu masalada namunaviy yondashuvni namoyon etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi a’zolik badallari tushumini nazorat qiluvchi maxsus moliyaviy qo‘mitaga a’zo sifatida qabul qilingani e’lon qilindi.
Mazkur sessiya ICESCO doirasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish va a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekistonning ushbu jarayonlardagi faol ishtiroki esa mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish