Pokiston “Musulmonlar instituti” tashkiloti raisi Akademiyada
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Pokiston “Musulmonlar instituti” tashkiloti raisi, doktor Sahibzada Sultan Ahmed Ali boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.
Dastlab hurmatli mehmonlar uchun Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Yunusxon, Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralariga ziyorat tashkil etildi.
Ekskursiya davomida allomalar hayoti, ilmiy merosi, maqbaraning bugungi kundagi ahamiyati, bu yerga keladigan ziyoratchilar tashrifi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Shundan so‘ng Akademiya rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektorlari – Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.
“Musulmonlar instituti” tashkiloti musulmon dunyosida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va yetakchilikni targʻib qilishga bagʻishlangan nodavlat, siyosiy va notijorat tahlil markaz hisoblanadi. Tashkilotning vazifasi Pokiston va musulmon dunyosi oldida turgan barcha shu kabi muammolar va muammolarni tadqiqot va muhokama qilish orqali aniqlash va tahlil qilishdan iborat.
Suhbat avvalida mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ko‘rib turganidan mamnun ekanligini bildirdi.
Muloqot avvalida Akademiya prorektori Habibullo Sadibaqosev mehmonlarni yana bir Akademiyaga tashrifi bilan qutlab, muassasaning tashkil etilishi tarixi, ilmiy faoliyati, taʼlim yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston va Pokiston yetakchilarining do‘stona munosabatlari, tashabbuslari sabab ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari yuqori darajada faol davom etayotgani, xususan, ilmiy-ma’rifiy, madaniyat, gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Samimiy muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish