Shvetsiyada O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy islohotlari yuqori baholandi
Kuni kecha Shvetsiya parlamentida O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlari, bag‘rikenglik muhiti va millatlararo hamjihatlik borasida amalga oshirayotgan ishlariga bag‘ishlangan seminar-taqdimot o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odil Ernazarov, shuningdek, yurtimizdagi diniy konfessiya yetakchilari, elchixona va soha vakillari ishtirok etishdi.
Shvetsiya tomonidan esa, parlament a’zolari, elchilar, madaniyat markazi vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari, ekspertlar, vatandoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari – jami 120 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Taqdimotda davlatimiz tomonidan diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish, turli millat va elatlar o‘rtasida do‘stlikni yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar, diniy konfessiya vakillari o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar hamda ilgari surilgan ezgu tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganiga urg‘u qaratildi.
Seminarda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu yo‘lda aholining diniy-ma’rifiy avodxonligini oshirish, yosh avlodni turli buzg‘unchi oqimlar ta’siriga tushib qolishdan saqlash bo‘yicha muntazam tushuntirish ishlari olib borilayotgani bayon etildi.
Taqdimot davomida xorijlik mutaxassislar va ishtirokchilar bilan qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro hamjamiyat vakillarini qiziqtirgan savollarga soha mas’ullari tomonidan asosli javoblar berildi.
Seminar ishtirokchilari O‘zbekistondagi dinlararo muloqot, bag‘rikenglik muhiti va tinchliksevarlik siyosati nafaqat mintaqa, balki butun dunyo uchun namuna ekanini ta’kidladi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish