Hashar – mehr-oqibat, hamjihatlik va obodlik ramzi
Ayni paytda mamlakatimizda yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti va 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan joriy yilning 13-14-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, umumxalq xayriya hashari davomida mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli turar joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘cha va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltirilyapti, daraxtlar oqlanib, butalmoqda.
Hashar an’anasi yillar davomida sayqallanib, ahamiyatini saqlab kelmoqda. Boisi, unda xalqimizning birdamligi, ahilligi namoyon bo‘ladi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostidagi tadbir kecha kun davomida yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Bugun ham Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda bir guruh talabalardan tuzilgan “Ekovolontyor yoshlar” tomonidan umumxalq hashari katta ishtiyoq bilan davom ettirildi.
Ular oliy ta’lim muassasasi hududida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib bordilar. Hashar davomida ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi. Gul ko‘chatlarining taglari yumshatildi. Chiqindilar belgilangan hududlarga olib chiqildi. Hashar elga yarashar, deydilar. O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida Akademiya hududi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltirildi. Atrof-muhitni yanada pokiza va ozoda qilish ishlari amalga oshirildi.
Umumxalq hashari Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan Alleya maydonida ham bo‘lib o‘tdi. Xiyobon chiqindilar, qurigan shox-shabbalardan tozalandi.
Hashar davomida Akademiya vakillari oliy ta’lim muassasasi va atrof-muhit obodonligi va tozaligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish