1

Daraxt ekib, bog‘ yaratish ezgulik va ulug‘vorlik ramzidir

Daraxtlarga mehr bermoq, ularni parvarishlamoq eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Koʻchat ekib, bogʻ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan oʻtgan milliy qadriyatlaridir. Zero, ajdodlarimiz oilada yangi tugʻilgan farzandga atab yerga nihol qadagan. Oʻsha daraxt bilan birga farzand ham unib oʻsgan.

“Ma’rifat ulashib” tadbirlari doirasida xalqimizning taniqli ijodkorlari tomonidan Akademiya hududidagi yashil maydonga ko‘chat ekish jarayoni o‘tkazildi.

Ishtirokchilar tomonidan ushbu nihollar hayot daraxtlari, do‘stlik va o‘zaro ishonch, ma’naviyat va kelajak bog‘lari bo‘lib qad rostlashi ta’kidlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jun
01
Ekofaol talabalar
Tabiatni asrang!
21:05
May
06
Ekofaol talabalar
Tabiat uchun birlashaylik
21:01

Izoh qoldirish