1

Yashil makon

Hududlarda "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi kochat ekish mavsumi boshlandi

Ayni damda yurtimizning 12 ta hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi. 
 

Ma'lumot uchun, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzgi mavsumda qancha ko‘chat ekish rejalashtirilganligi va boshqa muhim ko‘rsatkichlar berilgan edi.

Shuningdek, bu yilgi kuzgi mavsumda Andijon viloyatida 10,7 million tup, Jizzax viloyatida 10,8 million tup, Namangan viloyatida 10,5 million tup, Samarqand viloyati 11,3 million tup, Sirdaryo viloyatida 9,5 million tup, Farg‘ona viloyatida 11,1 million tup, Toshkent viloyatida 11,3 million tup, Toshkent shahrida esa 712 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 20-noyabrda kuzgi mavsumga start beriladi. 

Kuzgi mavsum doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari faqat ko‘chat ekish bilan cheklanmaydi. Hududlarda yashil infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish va ekilgan daraxtlarning parvarishini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, har bir hududda mikroo‘rmonlar, kichik jamoatchilik bog‘lari, soyali sayr ko‘chalari tashkil etiladi. 

Bundan tashqari, mulcha-kompost tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda, “Yashil lot” va mahallani yashillashtirish paketlari joriy etiladi. Ekologik targ‘ibotni kuchaytirish maqsadida esa mahallalarga banner va elektron tablolar o‘rnatiladi.

Ta'kidlash joizki, ko‘chatlarni tanlashda har bir hududning tuproq va iqlim sharoitlari inobatga olinadi. Ularni ekish va parvarishlashda esa zamonaviy, tejamkor va samarali sug‘orish usullari, kompostlash hamda mulchalash texnologiyalaridan foydalaniladi.

Ushbu chora-tadbirlar hududlarning yashillik darajasini oshirish, ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jun
01
Ekofaol talabalar
Tabiatni asrang!
21:05
May
06
Ekofaol talabalar
Tabiat uchun birlashaylik
21:01

Izoh qoldirish