Vengriya Lyuteran teologik universiteti rektori Akademiyada mehmon bo‘ldi
Xabaringiz bor, joriy yilning 5-7-mart kunlari Samarqand shahrida “Raqamli davrda oliy ta’lim: sun’iy intellekt, innovatsion modellar va global raqobatbardosh universitetlar” mavzusida Oʻzbekiston – Vengriya oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forumda Vengriya oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi. Forumda ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Vengriya rektorlari konferensiyasi a’zosi, Lyuteran teologik universiteti rektori Andrash Korani O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyaga tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad – O‘zbekistondagi diniy ta‘lim muassasalarning faoliyatini o‘rganish hamda diniy bag‘rikenglik bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan yaqindan tanishishdan iborat.
Mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, prorektorlar – Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Irgash Daminov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev kutib oldi.
Ma’lumki, o‘zbek va venger xalqlari o‘zining boy tarixi, betakror ma’naviy-madaniy merosi, jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlari bilan faxrlanadi. Tarixiy va madaniy jihatdan umumiy xususiyatlarga ega ikki davlat iqtisodiy salohiyati ham ko‘p taraflama bir-birini to‘ldiradi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasidagi samimiy, o‘zaro do‘stlik muhitiga asoslangan aloqalar tom ma’noda yangi bosqichga ko‘tarildi.
Akademiya rektori so‘zining avvalida mehmonlarni Akademiyaga tashrifi bilan qutlab, muassasaning tashkil etilishi tarixi, ilmiy faoliyati, taʼlim yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
O‘z navbatida Lyuteran teologik universiteti rektori Andrash Korani yuqori darajadagi qabul uchun minnatdorlik bildirib, islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berishda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi boshqa diniy-ta’lim muassasalari orasida muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritdi.
Lyuteran teologik universiteti Vengriyadagi lyuteran an’analaridagi oliy o‘quv yurti hisoblanib, teologik ta’lim va mutaxassislar tayyorlaydi. Muassasaga 1557-yilda ilohiyot maktabi sifatida asos solingan bo‘lib, 1998-yildan beri institut maqomida faoliyat yuritadi.
Buyuk ipak yo‘li chorrahasida vujudga kelgan, turli din vakillarining tinch-totuv yashashi uchun tabiiy makonga aylangan o‘zbek xalqining tarixan shakllangan dinlararo bag‘rikengligiga alohida e’tibor qaratdi. Dinlararo bag‘rikenglik tamoyillari O‘zbekistonning o‘ziga xos tajribasi ekanini ta’kidladi.
Samimiy muloqot davomida o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokama etildi.
Xususan, Andrash Korani O‘zbekistondagi diniy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi. Oʻzaro hamkorlik masalalarini, jumladan, Oʻzbekiston va Vengriyaning diniy bagʻrikenglik sohasidagi davlat siyosatini qiyosiy tahlil qilish boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar, shuningdek, turli dinlar tarixini oʻrganish boʻyicha doktorantura darajasida talabalar almashinuvi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Akademiya rahbariyati tomonidan mehmonga esdalik sovg‘asi topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish