“Hidoyat” libosidagi jaholat
Inson ilm bilan bugun fazoga chiqdi, agar jaholat to‘sqinlik qilmaganda edi, barcha xalq va millatlar taraqqiy etib, Yer kurramiz nurga burkanar edi. Minglab yillardan beri boqiy obidalar qurish, farovon turmushga erishish, ilg‘or ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, axborotni boshqarish, uzoqni yaqin qilish, samoga egalik qilishdan tortib, boshqa jabhalarda ham ustunlikka erishish uchun odam bolalari o‘zaro raqobatda. Bu holat faqat harbiy yoki iqtisodiy sohalar bilan cheklanmaydi. Kalom, siyosat, ruhiyat, jamiyatshunoslik singari sohalarda ham qat’iy namoyon bo‘ladi.
Ayrim hollarda bu kurash yashirin yo oshkora tarzda, mafkuraviy bosim yoki diniy-radikal g‘oyalar tahdidi shaklida yuz ko‘rsatadi. “Agar biz belgilagan yo‘riqqa amal qilmasang, davlat ichidagi radikal yoki muxolif kuchlarni qo‘llab-quvvatlaymiz” degan ishoralar ham yotadi goho bu harakat zamirida.
Negaki bunday xatti-harakat oqibatida neft, gaz va suv kabi strategik resurslar ustidan nazoratni qo‘lga kiritish, shu bilan birga, iqtisodiy manfaatlarni ta’minlash, o‘zga xalqlar ustidan hukmronlik qilishga erishish mumkin. Qolaversa, radikal kuchlarni nazorat ostida ushlagan tomon ularni zarur paytda o‘ziga raqib bo‘lgan davlatlarga qarshi ishlatishi yoki muayan harbiy-siyosiy strategiyalarda qo‘llashi mumkin. Buning yaqqol misoli aksar Yaqin Sharq mamlakatlarida sodir bo‘layotgan voqealarda ham ko‘rinadi.
Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi,
“Ziyo” media markazi direktori
Manba: “Jadid” gazetasi 2026-yil 6-mart, 10-son
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish