1

Qozog‘istondagi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti

2026-yil Qozog‘istonda taxsil oling! Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti dunyoning nufuzli QS xalqaro reytingida 761-o‘rinni egallaydi.

📍Joylashuv: Qozog‘iston, Turkiston
🎓 Xalqaro Qozoq-Turk universitetida ta’lim yo‘nalishlari keng va turli sohalarni qamrab oladi, jumladan:
✅Teologiya va islomshunoslik
Filologiya va tarjimashunoslik (turk, ingliz, qozoq, rus tillari);
✅Ijtimoiy va gumanitar fanlar;
✅Turizm va menejment;
✅Iqtisodiyot va boshqaruv;
✅Huquq va xalqaro munosabatlar;
✅Axborot texnologiyalari va muhandislik yo‘nalishlari.
Mazkur keng yo‘nalishlar talabalarga ilmiy izlanishlar olib borish, xalqaro akademik muhitda bilim olish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.
✅🇺🇿🇰🇿 2024-yil yanvar oyida ushbu Universitet va Akademiya o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolangan bo‘lib, u professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun akademik almashinuv dasturini nazarda tutadi.
🎓Dastur imkoniyatlari:
Professor-o‘qituvchilar uchun — 1 haftalik malaka oshirish kurslari.
Talabalar uchun — 1 semestr davomida Qozog‘istonda akademik mobillik asosida ta’lim olish.
🎫Talab qilinadigan hujjatlar:
✅Fakultet dekani tavsiyanomasi;
✅Amaldagi xorijiy pasport nusxasi;
✅Reyting daftarchasidan nusxa;
✅ Shaxsiy ma’lumotnoma.
💼Eslatma: Dastur akademik mobillik asosida amalga oshiriladi. Shu bois, barcha xarajatlar nomzod tomonidan qoplanadi.
🗓️Ariza topshirish muddati: joriy yil 31-yanvargacha.
📍Murojaat qilish joyi: Xalqaro hamkorlik bo‘limi  tel.99871-2449593,    intdeptuz@gmail.com

 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish