Turkiyaning Qirqqal’a universiteti (Kırıkkale University)
Turkiyaning Qirqqal’a universiteti (Kırıkkale University) – 1992-yilda Qirqqal’a shahrida tashkil etilgan davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, mamlakatning yetakchi universitetlari qatoridan o‘rin oladi (milliy reytingda 41-o‘rin).
🎓Universitet o‘quv yo‘nalishlari quyidagilarni qamrab oladi:
✅Ijtimoiy va gumanitar fanlar;
✅Iqtisodiyot, boshqaruv va davlat xizmatlari;
✅Huquq va siyosatshunoslik;
✅Pedagogika va psixologiya;
✅Muhandislik va axborot texnologiyalari.
Bu yo‘nalishlar xalqaro akademik tajriba orttirish, kasbiy salohiyatni kengaytirish va ilmiy izlanish olib borish uchun keng imkoniyat yaratadi.
✅2025-yil oktabr oyida Universitet va Akademiya o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik mobillik dasturini nazarda tutadi.
🎓Dastur imkoniyatlari:
Talabalar uchun — 1 semestr davomida Turkiyada akademik mobillik asosida ta’lim olish.
🎫Talab qilinadigan hujjatlar:
✅Fakultet dekani tavsiyanomasi;
✅Amaldagi xorijiy pasport nusxasi;
✅Reyting daftarchasidan nusxa;
✅Shaxsiy ma’lumotnoma.
💼Eslatma: Dastur akademik mobillik shaklida amalga oshiriladi. Shu sababli barcha xarajatlar nomzod tomonidan qoplanadi.
🗓️Ariza topshirish muddati: bahorgi semestr uchun 15-yanvargacha va kuzgi semestr uchun 20-aprelgacha.
📍Murojaat qilish joyi: Xalqaro hamkorlik bo‘limi tel. 99871-2449593,
intdeptuz@gmail.com
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish