2

O‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun 2025/2026-o‘quv yili qishki ta’til kunlariga mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Mazkur darslar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda.

Bugungi darslar “Sun’iy intellektning ta’limdagi roli: Janubiy Koreya misolida” hamda “Dars jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish” mavzusidagi ma’ruzalar bilan davom etdi.

Unda Toshkent shahridagi Amerika texnologiya universiteti professori F.Mahmudov, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Rahmonov hamda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchilari – Kamola Aripova va Malika O‘lmasbayeva ma’ruza qilishdi.

Seminar davomida mavzular doirasida ma’lumot berildi. 

Shuningdek, kuzgi semester yakuniy nazoratlariga tayyorgarlik, me’yoriy-uslubiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha mustaqil ta’lim darslari ham bo‘lib o‘tdi.

O‘quv mashg‘ulotlari 10-yanvarga qadar davom etadi.

Izoh qoldirish