Xalqaro forum panel sessiyalariga bo‘lingan holda davom etdi
Avval xabar berganimizdek, Ozarbayjonning Boku shahrida “Ozarbayjonda davlat va din munosabatlarining konstitutsiyaviy tamoyillari: dunyoviylik va vijdon erkinligi” mavzusida ikkinchi diniy arboblar forumi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forum davlat va din o‘rtasidagi muvozanatli munosabatlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.
Nufuzli anjumanda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi diniy-ma’rifiy soha vakillari qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Olim Astanakulov ham ishtirok etishdi.
Forum ishi “Multikulturalizm qadriyatlari tizimi: davlat va din munosabatlarining huquqiy va madaniy jihatlari”, “Raqamli axborot muhitida diniy ta’lim va ma’rifat strategiyalari”, “Global ta’sirlar sharoitida yoshlarni tarbiyalash: zamonaviy usullar va innovatsion yondashuvlar” hamda “Ayollarning ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishida diniy jamoalarning o‘rni” kabi panel sessiyalariga bo‘lingan holda davom etdi.
Unda soha vakillari mavzular doirasida ma’ruza qilishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish