1

Akademiya rektori xalqaro forumda ishtirok etdi

Ozarbayjonning Boku shahrida “Ozarbayjonda davlat va din munosabatlarining konstitutsiyaviy tamoyillari: dunyoviylik va vijdon erkinligi” mavzusida ikkinchi diniy arboblar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum davlat va din o‘rtasidagi muvozanatli munosabatlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov ham ishtirok etdi va uning ochilish marosimida nutq so‘zladi.

Nutqda globallashuv sharoitida dunyoviylik, vijdon erkinligi va dinlararo bag‘rikenglikni saqlashning ahamiyati ta’kidlandi.

Ozarbayjon va O‘zbekiston tajribasi misolida davlatning barcha konfessiyalarga nisbatan teng va adolatli munosabati ijtimoiy barqarorlikning muhim omili ekani qayd etildi. Ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi umumiy tarixiy, madaniy va ma’naviy meros, shuningdek, Prezidentlar – Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev rahbarligida olib borilayotgan izchil islohotlar alohida e’tirof etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi, dunyoviy davlatchilik tamoyillari va islom sivilizatsiyasi ilmiy merosini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Forum davlatlar o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish va barqaror taraqqiyotga xizmat qilishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Forum o‘z ishini davom ettirmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Dec
19
Xalqaro hamkorlik
SDG
15:03
Dec
19
Xalqaro hamkorlik
Erasmus+
15:01

Izoh qoldirish