Malayziya xalqaro islom universiteti koordinatori bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Janubiy Osiyo savdo-sanoat palatasining Malayziyadagi vakili, Malayziya xalqaro islom universitetining Markaziy Osiyo bo‘yicha koordinatori Ali Sher Muhammad tashrif buyurdi.
Uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi.
Suhbat avvalida Zokirjon Ro‘ziyev mehmonni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga tashrifi bilan qutlab, Akademiyaning ilmiy salohiyati, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, talabalarningo‘zaro almashinuvi, yozgi maktablar, qo‘shma ta’lim dasturlari kabi sohadagi hamkorliklarni rivojlantirish kerakligini bildirildi.
O‘z navbatida, Ali Sher Muhammad Akademiya rahbariyatiga avvalo samimiy qabul va tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi.
Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovka kurslarini tashkil etish mumkinligini bildirdi.
Akademiya prorektori mazkur taklif batafsil o‘rganib chiqilishini va tayyorlangan takliflar rahbariyat bilan muvofiqlashtirilgan holda hamkor tomonga taqdim etilishini bildirdi.
Tashrif yakunida mehmon Akademiya tomoniga samimiy qabul va ochiq muloqot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish