3

Xorijlik mutaxassis ishtirokida tibbiyot turizmiga bag‘ishlangan binar dars o‘tkazildi

Tibbiyot turizmi jahon turizm sanoatining yetakchi yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Dunyoda sifatli va arzon tibbiy xizmatga ehtiyoj tobora ortib bormoqda.

Soʻnggi paytlarda Oʻzbekiston ham raqobatbardosh narxlari, zamon talabiga mos klinikalari, tibbiy muolajalar sifati, yuqori malakali mutaxassislari bilan sayyohlar uchun jozibador manzilga aylanmoqda.

Ayniqsa, kecha davlatimiz rahbarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida ham mazkur masalaga alohida ahamiyat qaratildi.

Shu bois, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Dehli universiteti professori, doktor Saroj Kumar Rath tomonidan “XXI asrda tibbiyot turizmi: barqaror modellar va so‘nggi amaliyotlar” mavzusidagi “Turizm (ziyorat turizmi)” yo‘nalishi talabalari uchun binar darsi tashkil etildi.

Dars davomida tibbiyot turizmining barqaror rivojlanishidagi muammolari va istiqbollari muhokama qilindi. 

Shuningdek, professor Saroj Kumar Rath tibbiyot turizmni rivojlantirishda raqamlashtirish va sun’iy intellektning o‘rni, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish va teletibbiyot, kasalliklarning oldini olishga ixtisoslashgan kurortlar va markazlar borasida ma’ruza qildi.

Bu boradagi xalqaro tajriba, O‘zbekistonni xalqaro darajadagi tibbiyot turizmi markazi sifatidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Tibbiyot turizmi rivoji boshqa sohalar taraqqiyotiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Yaʼni davolanish uchun kelgan sayyoh mamlakatda muayyan vaqt qoladi, bu esa mehmonxona xizmatlari, restoranlarga talabni ragʻbatlantiradi. Sayyohlar davolanish bilan birga qiziqarli ekskursiya dasturlaridan bahramand boʻlishi, o‘sha mamlakatning boy madaniy va tarixiy merosi bilan tanishadi.

Oʻzbekistonda tibbiy turizm istiqbolli va jadal rivojlanayotgan soha, u nafaqat mamlakat iqtisodiy oʻsishiga hissa qoʻshadi, balki xalqaro maydondagi imijini ijobiy shakllantiradi.

Dars yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish