1

Mustahkam oila – mustahkam jamiyat

Joriy yilning 23-25-oktabr kunlari Turkiyaning Qirqqal’a universitetida oila masalalariga bag‘ishlangan “Mustahkam oila – mustahkam jamiyat” mavzusida xalqaro kongress o‘tkazildi.

Tadbirning ochilish marosimida Qirqqal’a universiteti rektori, professor Ersan Aslan va Kongress raisi, professor Zaynab Tezel so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni samimiy qutladi. 

Shuningdek, rektor Ersan Aslan janoblari O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi ishtirokchilariga tashrif uchun alohida minnatdorchilik bildirdi. 

Kongressda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Nilufar Tuychiyeva, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti v.b. Laziza Alidjanova hamda Akademiya magistrant hamda talabalari ishtirok etishdi. 

Rasmiy tadbirlardan so‘ng Qirqqal’a universitetida mashg‘ulotlar, ma’ruzalar o‘tkazildi. 

Unda Ilohiyot fakulteti dekani Zeyneb Belen va Islomshunoslik kafedrasi dotsentlari Muhammad va Ibrohimxo‘jalar bilan uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuvda Akademiya va Universitet konferensiyalari, grant dasturlarida hamkorlik qilish bo‘yicha suhbatlashildi. 

Sohaga oid grant dasturlari shartlari va loyihalari haqida ma’lumot berishdi. 

Izoh qoldirish