
Turkiyaning Qirqqal’a universiteti bilan Anglashuv memorandumi imzolandi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Turkiya Respublikasining Qirqqal’a universiteti rektori, professor Ersan Aslan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Akademiya rektori Muzaffar Kamilov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, prorektorlar – Olim Astanakulov, Zokirjon Ro‘ziyev, Salim Dusanov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev kutib oldi.
Muloqot avvalida Akademiya rektori Muzaffar Kamilov mehmonlarni yana bir Akademiyaga tashrifi bilan qutlab, muassasaning tashkil etilishi tarixi, ilmiy faoliyati, taʼlim yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Keyingi yillarda ikki davlat yetakchilarining do‘stona munosabatlari, tashabbuslari sabab O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari yuqori darajada faol davom etayotgani, xususan, ilmiy-ma’rifiy, madaniyat, gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Rektor Muzaffar Kamilov ushbu yo‘nalishdagi harakatlarni davom ettirish va doimiy tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Turkiyaning oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlik olib borilayotganini e’tirof qildi.
Samimiy muloqot davomida Qirqqal’a universiteti rektori, professor Ersan Aslan yuqori darajadagi mehmondo‘stlik uchun Akademiya rahbariyati va jamoasiga minnatdorlik bildirib, Akademiyada diniy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya sohalaridagi ishlarni yuqori baholadi.
Muloqot davomida universitetning malakali soha mutaxassislarini akademiya ta’lim jarayoni onlayn (binar darslarga) jalb etish, Akademiya va univesitet professor-o‘qituvchilarining o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar haqida so‘z bordi.
Shuningdek, ikki tomon talabalari uchun qisqa muddatli ta’lim va sayohat dasturi doirasida yozgi va qishki maktablar hamda hamkorlikda turli seminar, forum va konferensiyalar tashkil etish haqida so‘z yuritildi.
Muloqot yakunida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Akademiya rektori tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘asi topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish