
Akademiya professor-o‘qituvchilari xalqaro forumda
Joriy yilning 13-15-oktabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida VIII Global islom moliyasi forumi (GIFF2025) o‘tkazilmoqda.
Mazkur nufuzli forumda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Islom iqtisodiyoti, moliyasi va ziyorat turizmi” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori, akademik Nurislom To‘xliyev rahbarligida professor Ravshan Abdullayev va dotsent Sirojiddin Abrorovlar qatnashmoqda.
GIFF – Malayziya islom banklari assotsiatsiyasi (AIBIM) tomonidan tashkil etiladigan yirik xalqaro anjuman bo‘lib, unda siyosatchilar, soha yetakchilari, shariat olimlari va akademiklar islom moliyasining istiqbollari yuzasidan fikr almashadilar.
Bu yilgi forum “An’ana va kelajakni bog‘lash: biznesni rivojlantirish, jamiyatni kuchaytirish” shiori ostida o‘tmoqda. Tadbirda islom moliyasining zamonaviy innovatsiyalar bilan uyg‘unligi, barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi hamda iqtisodiy inklyuzivlikni ta’minlashdagi o‘rni muhokama qilinmoqda.
Forum doirasida sun’iy intellekt asosidagi yechimlar, halol biznes ekotizimi, barqaror moliya va IHT mamlakatlari o‘rtasidagi investitsion hamkorlik kabi dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida akademik Nurislom To‘xliyev ilmiy rahbarligida “O‘zbekistonda islom kapital bozorini shakllantirish metodologiyasini yaratish” mavzusidagi fundamental loyiha amalga oshirilmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish