
O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga tashrifi samarali kechmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta shtatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining xizmat safari o‘tkazildi.
Tashrif davomida Akademiya vakillari Ozarbayjon Respublikasi Diniy tashkilotlar bilan ishlash qo‘mitasi raisi Ramin Mamedov bilan muloqot o‘tkazilib, birgalikda Welfare maydonida joylashgan Ijtimoiy himoya markazida bo‘lishdi.
Mazkur maskan muhtojlarga yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda turli xizmatlar, oziq-ovqat, ishlab chiqarish va saqlash inshootlari, tarqatish markazlari hamda kasbiy o‘quv markazlari joylashgan. Bu yerda ko‘rsatiladigan xizmatlar cherkov tomonidan mahalliy aholi uchun xayriya tarzida taqdim etiladi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Solt-Leyk-Sitidagi Insonparvarlik ijtimoiy markazida ham bo‘lishdi. Markaz 1991-yilda tashkil etilgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab yuboriladigan xayriya yordamlarini tayyorlash uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga, ish topishda qiynalayotgan odamlar uchun kasb-hunar o‘rgatish markazi sifatida ham faoliyat yuritadi.
Insonparvarlik ijtimoiy markazida kiyim-kechak, gigiyena vositalari va o‘quv anjomlari to‘plamlari yig‘iladi, saralanadi va dunyoning turli nuqtalariga yuboriladi. Ushbu buyumlar har yili 50 dan ortiq mamlakatga yetkaziladi va turli din va millat vakillariga yordam sifatida tarqatiladi.
Muloqotda qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha imkoniyatlar o‘zaro muhokama etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish