
Akademiya rektori xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi
Shu kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yuta shtati Provo shahrida “Xalqaro huquq va din” mavzusida 32-xalqaro simpozium o‘tkazilmoqda.
1994-yildan beri Brigam Yang universiteti qoshidagi Xalqaro huquq va din tadqiqotlari markazi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlaridan diniy-ma’rifiy, ijtimoiy-huquqiy soha vakillari ishtirok etishmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Xalqaro hamkorlik masalari bo‘yicha prorektor Olim Astanakulov ham ishtirok etishmoqda.
Simpozium doirasida Akademiya rektori Muzaffar Kamilov “Rivojlanish yoʻlini qurish: diniy erkinlikni mintaqaviy, milliy va xalqaro himoya qilish (O‘zbekiston tajribasi asosida)” mavzusida ma’ruza qildi.
Muzaffar Kamilov o‘z nutqida tarixiy va madaniy asos, madaniyatlararo plyuralizm, dunyoviy davlat va huquqiy kafolatlar hamda ma’rifat va haqiqiy islom ta’limotlari kabi omillarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, ma’ruza davomida yurtimizdagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, millatlar va dinlararo totuvlik, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi umuminsoniy tamoyillarga yuksak darajada e’tibor berilayotgani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi chiqishiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining mazkur tarixiy nutqida mahalliy, mintaqaviy va global darajadagi masalalarga alohida ahamiyat qaratilgani, zamonaviy dunyodagi global tahdidlar, xavfsizlikka doir masalalar, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqaror taraqqiyot, turli sohalardagi hamkorlik hamda global muammolarga munosabat bildirilganini alohida urg‘u berdi.
Akademiya rektorining ma’ruzasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Akademiya vakillarining xorijiy safari davom etmoqda.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish