
Akademiya va Iordaniya xalqaro islom ilmlari universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi
Avval xabar berganimizdek, mamlakatimizning diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyasi Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Iordaniya xalqaro islom ilmlari universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumini imzolash marosimi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sardor Umrzoqov, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov hamda Iordaniya xalqaro islom ilmlari universiteti rektori Ja’far Mahmud al-Fanatsa tomonidan Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur universitet nafaqat Iordaniya, balki mintaqaning islomshunoslik sohasi bo‘yicha eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitetda “Pedagogik fanlar”, “San’at va ilm-fanlar”, “Islom san’ati va me’morchiligi”, “Axborot texnologiyalari”, “Moliya va biznes” kabi 10 ga yaqin fakultetlar mavjud.
Delegatsiya a’zolarining tashrifi davom etmoqda.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish