
Malayziya universiteti vakillari Akademiya talabalariga seminar dars o‘tdi
Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi munosabatlar, ayniqsa, taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik yil sayin mustahkamlanib bormoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining xorij oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorligi kengayib bormoqda.
Jumladan, Akademiya tomonidan Malayziyaning qator universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi, mamlakatning oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarining maʼruzalari, talablar bilan almashinuv tashkil etilmoqda.
Bugun ana shunday ilmiy tadbirlar doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Malayziya universiteti Islomshunoslik akademiyasi dekani o‘rinbosari Asmak Ab Rahman boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Ma’lumot uchun aytish joiz, Malayziya universiteti 1962-yil tashkil topgan bo‘lib, mamlakatning davlatga tegishli birinchi top oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. QS University Rankings ga ko‘ra, dunyoda 58-o‘rinda turadi.
Tashrif davomida Akademiyada Malayziya universitetining yuqori malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi magistrantlari va talabalari uchun binar dars tashkil etildi.
Dars davomida talabalarga islom iqtisodiyotining nazariy masalalari, Malayziyada islom moliyasi tizimini joriy etish tajribasi haqida toʻxtalib oʻtdilar, islom moliyasini joriy etishning institutsional va huquqiy-meʼyoriy, islomiy ijtimoiy moliya, uning iqtisodiy asoslari boʻyicha maʼruza oʻqidilar.
Mazkur tashrif jarayonida islom moliyasi, iqtisodiyot va islomshunoslik sohasida tashkil etilayotgan maʼruzalar hamda muhokamalar ikki tomonlama tajriba almashishga xizmat qiladi. Biz uchun Malayziyaning islom moliyasi sohasidagi ilgʻor tajribasi juda muhim, chunki Oʻzbekistonda ham bu yoʻnalishda islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Islom moliyasi xizmatlarini milliy iqtisodiyotga kengroq joriy etish orqali biz ham iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan qadamlarni koʻrmoqdamiz. Shu maʼnoda, bu tashrif ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Doktor Asmak Ab Raxman Malayziya Universiteti (Islom tadqiqotlari akademiyasidagi Shariat va Iqtisodiyot kafedrasi professori. U Islom iqtisodiyoti boʻyicha PhD ilmiy darajasiga, shuningdek, UMdan olingan Shariat sohasidagi magistr va bakalavr diplomlariga ega.
Islom iqtisodiyoti va moliyasi boʻyicha mutaxassis sifatida doktor Asmakning ilmiy tadqiqotlari turli yoʻnalishlarni qamrab oladi. U asosan islomiy sugʻurta, islomiy moliya, islomiy bankchilik, islomiy ijtimoiy moliya va shariat sohalariga eʼtibor qaratadi.
Delegatsiya a’zolaridan biri doktor Kamaruzaman bin Nordin Malayziya universiteti Islom tadqiqotlari akademiyasidagi Shariat va boshqaruv kafedrasida faoliyat yurituvchi tajribali ilmiy xodim va maʼmuriy rahbar. U islomiy moliya, shariat boshqaruvi va akademik tadqiqotlar sohasidagi yetuk mutaxassis sifatida tanilgan.
Doktor Nor Faximax Moxd Razif esa Malayziya Universiteti (Islom tadqiqotlari akademiyasidagi Fiqh va Usul kafedrasida professor sifatida faoliyat yuritadi. Uning keng koʻlamli kasbiy tajribasi xalqaro islomiy moliya uchun Shariat tadqiqot akademiyasi (ISRA)da ilmiy xodim sifatida ishlagan davrini oʻz ichiga oladi. U yerda doktor Nor Faximax islomiy moliyadagi xedjing mexanizmlari, xususan, opsion mahsulotlari orqali himoya usullari boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. Malayziya Universiteti Islom tadqiqotlari akademiyasidagi Fiqh va Usul kafedrasida dotsenti sifatida faoliyat yuritadi.
Janob Azizi bin Che Seman Malayziya universiteti Islom tadqiqotlari akademiyasidagi Shariat va Iqtisod kafedrasida katta oʻqituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. U islom iqtisodi, shariat moliyasi va taʼlim yoʻnalishlarida sohasidagi yetuk mutaxassis sifatida tanilgan.
Oʻtilgan maʼruzalar talabalar tomonidan qiziqish bilan tinglandi. Talabalar islom iqtisodiyoti va moliyasi masalalari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berdilar.
Izoh qoldirish