21

Bobur Mirzo: “Anda jonim olib qolgʻan Andijonim qoldi mening…”

Zahiriddin Muhammad Bobur. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, ulug‘ shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.

Yoshlar o‘rtasida Bobur Mirzoning boy ilmiy ijodi, ma’naviy mahzanlari bilan tanishtirish, asarlarini mutolaa qilishga undash bugungi kunning muhim jarayoni hisoblanadi.

Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Zahiriddin Muhammad Bobur” musiqali spektakli namoyish etildi.

“Mustaqillik darslari” doirasida Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan taqdim qilingan spektaklda Bobur Mirzoning bolalik chog‘ida taxtga o‘tirishi, davlat boshqaruvi, jang-u jadallari, iztirobli onlari, Vatan sog‘inchi kabi damlari aks etgan. 

Spektakl davomida Bobur hazratlarining g‘azallaridan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. 

Asar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Sep
25
Yoshlar bilan ishlash
Ta’zim sizga, aziz ustozlar
12:04
Sep
18
Yoshlar bilan ishlash
Milliy liboslar – millat qiyofasi
16:47

Izoh qoldirish