
Islom sivilizatsiyasi markazi – milliy o‘zligimiz, ilm-fan, ta’lim va madaniyat timsoli
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun “Mustaqillik darslari” doirasida turli uchrashuvlar, mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, shahrimizning madaniy obyektlariga ekskursiyalar tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi.
Mazkur ulkan va noyob loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018-yilgi Ramazon hayiti kuni unga poydevor qo‘yilgan edi. Bugungi kunda bunyodkorlik ishlari yakuniy bosqichga kirgan.
Mahobatli inshoot qadimgi me’moriy obidalarimiz shaklida bunyod etilmoqda. Milliy gumbaz va peshtoqlar, naqshlarning ajoyib uyg‘unligi unga alohida ko‘rk bag‘ishlagan. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan.
Tashrif davomida talabalarga yurtimizda yashab o‘tgan olimlar olimlarning dunyo tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi, ushbu majmuaning mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.




- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish