
Akademiya talabasi xalqaro qurultoyda qatnashdi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Miraki turizm maskanidagi “Lochin” oromgohida “Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” IV ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi turizm qo’mitasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan qurultoy doirasida “Barqaror kelajak sari: Markaziy Osiyo yoshlariekologiya va turizmni rivojlantirish yo‘lida” xalqaro konferensiyasi ham o‘tkazildi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabasi Abdulvali Yarashev moderator sifatida ishtirok etdi.
Qurultoyda respublikamizning 14 hududidan hamda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalaridan kelgan 1000 nafardan ortiq yoshlar qatnashdi.
“Biz bir jamoamiz – salom, qurultoy” shiori ostidagi tashrif namoyishida mahalliy va xorijlik yoshlardan iborat jamoalar o’z hududlarini ko’rgazmali chiqishlar orqali tanishtirishdi. Bunda milliy urf-odat va an’analar, ekologik vaziyat va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
Bu kabi qurultoylar mahalliy va xorijlik yoshlarni ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohasini rivojlantirish yo’lida birlashtirish, ularning faolligini oshirish, g’oya va tashabbuslarini ro’yobga chiqarish, o’zaro tajriba almashish va do’stona muhit yaratishga xizmat qiladi.




Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish