3

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tyutori Maqsud Palvanov tomonidan “Islom iqtisodiyoti va moliyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari va Shayxontohur tumani hududida istiqomat qiluvchi o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Sport sog‘lik – garovi” shiori ostida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Mazkur bellashuv “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning yozgi ta’til davomida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga va jismoniy faollikka jalb qilish maqsadida tashkil etildi. 

Qizg‘in tusda o‘tgan musobaqa orqali talaba-oshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, o‘zaro hurmat va do‘stlik muhiti shakllantirildi.

Izoh qoldirish