
Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga sayohat
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islomshunoslik fakulteti tyutori Umida Xasanova tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlar bilan birgalikda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, ularga ma’rifat ulashish maqsadida Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Abdulla Qodiriy uy-muzeyi 2019-yil dekabr sanasida Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Samarqand darvoza” koʻchasida yashagan yozuvchi Abdulla Qodiriy uyida ochilgan.
Ayni shu muzeyda yozuvchining oʻzi ijodidan, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari namunalaridan kutubxona vujudga kelgan. Hovli sahni devorlariga oʻzbek va jahon yozuvchi-shoirlarning A.Qodiriy ijodi haqidagi fikrlari qayd etilgan. Xona devorlariga ilingan adibning asl qiyofasini aks ettiruvchi fotosuratlar Qodiriy ijodini yaqindan tanishtiradi.
Muzey hovlisida haykaltarosh Bahrom Norboyev tomonidan mukammal ishlangan yozuvchi haykali oʻrnatilgan. Unda adib teran fikrda, bir qoʻlida kitob tutgan holda gavdalantirilgan.





Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish