2

Akademiyada 1-bosqich talabalari uchun Malakaviy amaliyot boshlandi

Joriy yilning 16-iyunidan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 1-kurs talabalari uchun Malakaviy amaliyot boshlandi. 

Amaliyotning dastlabki kunida Akademiya mas’ullari, amaliyot rahbarlari uchun trening tashkil qilindi. 

Unda so‘zga chiqqanlar tomonidan davlat va jamoat tashkilotlarida amaliyot o‘tashning ahamiyati, mohiyati va e’tibor qilish kerak bo‘lgan asosiy jihatlar haqida so‘z yuritildi. Har bir talabaga ta’til davomida e’tibor berishi kerak bo‘lgan masalalarni aks ettirgan tezislar tarqatildi. 

Shundan so‘ng Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida amaliyotchi talabalar uchun “Dolzarb 90 kunlik” doirasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda binar dars tashkil qilindi. 

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi N.Nodirov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tashkil topish tarixi, fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlashdagi o‘rni, davlat va din munosabatlarini muvofiqlashtirish yo‘lidagi faoliyati, fuqarolar, xususan, yoshlar ongini turli buzg‘unchi g‘oyalardan saqlashda amalga oshirayotgan ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Ma’ruza davomida yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va takliflari asosida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyati kengaygani, qo‘mitaning mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan ishlari ham hajm, ham sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilganini aniq misollar vositasida tushuntirib berildi. 

Binar dars so‘ngida Marketing bo‘limi boshlig‘i Gulyuz To‘rayeva talabalarga Malakaviy amaliyot talablariga to‘liq rioya qilish, xususan, amaliyot kundaligi va hisobotlarni talab darajasida shakllantirish ularning kelgusi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etishini ilmiy va amaliy jihatdan asoslab berdi. 

Izoh qoldirish