2

BUYUK ALLOMALAR YURTI Muqaddas kutubxonaga “Sahihi Buxoriy” va “Sunani Termiziy” sharhlari tortiq qilindi

Yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada kechayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar in’ikosi xalqimizning o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etishi uchun yaratilayotgan yengillik, qulaylik va imkoniyatlarda ham yaqqol aks etmoqda. 

Jumladan, “Haj-2025” mavsumi doirasida yurtimiz hojilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar Saudiya Arabistoni Podshohligining “al-Madina”, “ar-Riyod”, “al-Xabar”, “al-Xalij” kabi katta adadga ega nufuzli markaziy nashrlari tomonidan yuksak e’tirof etilayotganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. 

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida xalqimiz hayoti da ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat va olijanoblik ramzi sifatida mustahkam qaror topgan Qurbon hayiti bugungi kunda biz uchun barcha sohalarda inson qadri yetakchi o‘ringa chiqayotgan yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar mazmuniga naqadar uyg‘un va hamohang ekani bilan yanada ahamiyatli bo‘lib borayotganini ta’kidlagan edi.  

Istiqlol sharofati bilan xalqimizning ko‘p yillik orzusi ushalib, Haj safarlariga keng yo‘l ochildi. 1991-yilda 2500 tadan boshlangan haj kvotasi keyinchalik 5000 tadan oshdi. Muborak haj va umra safarlariga borayotganlar safi yildan yilga ortdi. Haj safariga yuborish ishlarini yanada yaxshilash va yangi bosqichga ko‘tarish tadbirlari amalga oshirilib, 2022-yilda 12 mingdan ziyod ziyoratchi ushbu amallarni ado qilib keldi. 

Muzaffarxon Joniyev, 

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, 

tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PHD) 

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2025-yil 5-iyun, 113-son 

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish