1

Milliy va dunyoviy qadriyatlar uyg‘unligi yangi konsepsiyada aks etgan

O‘zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga chiqdi. Shunday muhim pallada yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotir. Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlashga katta e’tibor berilmoqda. Bu jarayonda fuqarolarning vijdon erkinligi huquqlarini ta’minlash borasidagi yangilik va yengilliklarni alohida qayd etish, xususan, ikki muhim hujjatni eslab o‘tish lozim. 

Birinchisi, “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun. 

Ikkinchisi, Prezidentimizning “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. Ushbu ikki muhim hujjat tom ma’noda diniy-ma’rifiy soha samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishning mustahkam huquqiy asosi bo‘ldi. 

Hozir ko‘pkonfessiyali jamiyatlarda davlat va din munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi turli din vakillari o‘rtasida bag‘rikenglik muhiti barqarorligini ta’minlaydi. Bu tinchlik-osoyishtalikning muhim omillaridan biri. Ayniqsa, dunyo miqyosida ekstremizm va terrorizm muammosi xavf solib turgan, dindan siyosiy maqsadda foydalanishga urinishlar kuchaygan bir paytda aksar mamlakatlarda davlat va din munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishga asosiy masala sifatida qaralmoqda. 

Ilhom Ma’rupov, 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi maslahatchisi

Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2025-yil 13-may, 96-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish