1

Yashil transformatsiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari: muammolar va yechimlar

Joriy yilning 23-27-aprel kunlari Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida “Global iqtisodiyotning dolzarb muammolari” mavzusida XXVII xalqaro ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazilgan edi.

Bugun mazkur anjumanning “Yashil transformatsiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari: muammolar va yechimlar” deb nomlangan shoʻbasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida davom etdi.

Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, akademik Nurislom To‘xliyev, professorlar Abduvali Isajonov, Ravshan Abdullayev, tarix fanlari nomzodi, dotsent Shoislom Akmalov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti talabasi Vey Ichen hamda Akademiya talabalari ishtirok etdi.

Onlayn va offlayn formatda o‘tkazilgan konferensiyada “O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyoti konsepsiyasida chiqindisiz texnologiya”, “Yashil transformatsiyaning iqlim omili”, “Yashil iqtisodiyotni Yaqin Sharqda rivojlantirish”, “O‘zbekistonda yashil transformatsiya jarayonlarida “yashil” sukukning o‘rni” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

Anjumanda ishtirok etgan olimlar, o‘zlarining ilmiy izlanishlari va tadqiqotlari bilan yashil iqtisodiyot va uning iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik aspektlarini tahlil qildilar. 

Ular o‘z ma’ruzalarida yashil transformatsiyaning iqtisodiy o‘sish, ekologik barqarorlik va ijtimoiy rivojlanishdagi muhim o‘rinini yoritib, mavjud muammolar va yechimlarni muhokama qildilar.

Shuningdek, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti talabasi Vey Ichen o‘zining ilmiy ishini taqdim etib, yashil iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni va uning kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlariga oid fikrlarini bayon etdi.

Tadbir davomida, ekologik barqarorlik va iqtisodiy transformatsiya jarayonlari, yashil iqtisodiyotga oid innovatsion yondashuvlar va amaliy tajribalar muhokama qilindi. Shuningdek, yashil iqtisodiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan yangi strategiyalar, texnologiyalar va siyosiy yondashuvlar haqida maslahatlar berildi.

Konferensiya ishtirokchilari o‘zlarining ilmiy ishlanmalarini taqdim etish orqali global iqtisodiyotda yashil transformatsiyaning ahamiyatini ko‘rsatdilar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning yangi imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun ilmiy izlanishlarni kengaytirish, yangi g‘oyalar va yechimlar yaratish hamda ilmiy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi.

Izoh qoldirish