
Akademiya professori “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Oʻzbekistondagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan “Xalq diplomati” koʻkrak nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tashkilotga aʼzo davlatlarda xalq diplomatiyasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan davlat arboblari, olim, yozuvchi, fan, sanʼat va madaniyat sohasi vakillari, fuqarolik jamiyati faollari, yoshlar va xotin-qizlar qatorida “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Islomov ham “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur koʻkrak nishoni tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, oʻzaro madaniy – gumanitar aloqalarni kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari oʻrtasida doʻstona hamkorlik muhitini qaror toptirish, SHHT maqsadi, vazifasi va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hamda asosiy tamoyillarini targʻib etishga yoʻnaltirilgan faoliyatni ragʻbatlantirish maqsadida 2021-yilda markaz tomonidan taʼsis etilgan.
Ma’lumki, Prezidentimizning “Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida markazga SHHT mamlakatlari oʻrtasida axborot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, axborot resurslarini shakllantirish hamda SHHTning maqsadlari, vazifalari, faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari va asosiy prinsiplarini keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish vazifasi yuklatilgan.
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi oʻrtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
2023-yil 24-may kuni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Akademiya va Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari bundan keyin ham bardavom bo‘lishiga umid qilamiz.
Akademiya rahbariyati va jamoasi nomidan fidoyi ustoz Zohidjon Islomovga ushbu eʼtirofga sazovor boʻlganliklari bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, mustahkam sogʻliq va ilmiy-ijodiy yutuqlar bardavom boʻlishini tilab qolamiz!

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish