
Akademiyada “Ma’rifat darslari” o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Ma’rifat darslari” o‘tkazildi.
Tadbirda fakultet dekanlari – Ilyos Mirziyotov, Jahongir Tohirov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professori Zohidjon Islomov, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Abduvahob To‘xtanazarov hamda talabalar ishtirok etishdi.
Dars davomida so‘zga chiqqanlar yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollikni kuchaytirishga qaratilgan bunday tashabbuslarning ahamiyatini alohida ta’kidlashdi.
Talabalar e’tiboriga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.
“Ma’rifat darslari” doirasida “Boqiy shaharlarimiz” hamda “O‘zbekiston – dunyo tanigan yurt” mavzusida ma’ruza qilindi. Mazkur ma’ruza talabalarda O‘zbekistonning qadimiy va tarixiy shaharlariga nisbatan milliy g‘urur, tarixiy xotira va hurmat tuyg‘ularini shakllantirib, ularda madaniy merosni qadrlash, asrash va undan faxrlanish hissini kuchaytirishga xizmat qildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish