3

Indoneziya islom universiteti vakillari Akademiyada

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Indoneziya islom universiteti bo‘lim boshlig‘i Bambang Suratno boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Mehmonlarni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev kutib oldi. 

Samimiy muloqotda Akademiya prorektori Zokirjon Ro‘ziyev mehmonlarni yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Mehmonlarga Akademiya faoliyati, maqsad-vazifalari, o‘quv jarayonlari haqida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida mehmonlar O‘zbekiston zaminiga tashrif buyurganlaridan, ulug‘ mutafakkirlar makonini ziyorat qilish imkoniyati vujudga kelganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar. 

Samimiy suhbat davomida ta’lim, fan, madaniyat yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ta’lim sohasida tomonlar o‘rtasidagi akademik almashinuvlar yo‘lga qo‘yilishi, uning doirasida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalarni almashinuvi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Izoh qoldirish