
Vena universiteti delegatsiyasi Akademiyada mehmon bo‘ldi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Avstriyaning Vena universiteti professori Ednan Aslan boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.
Ularni Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Gʻoyibnazarov hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odil Ernazarov kutib oldi.
Dastavval mehmonlar “Manbalar xazinasi” bo‘limida ham bo‘lib, u yerda saqlanayotgan islom diniga oid nodir qo‘lyozma va toshbosma asarlar, “Usmon Mus’hafi” hamda “Langar Qur’oni”ning nusxalari bilan tanishdilar.
Delegatsiya a’zolariga Akademiya faoliyati, maqsad-vazifalari, o‘quv jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehmonlar uchun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan ziyoratgohlar – Yunusxon, Shayxontohur hamda To‘labek (Qaldirg‘ochbek) yodgorligiga ekskursiya uyushtirildi.
Ekskursiya davomida mehmonlarga madaniy obidalarning tarixi va qayta tiklanish jarayoni haqida ma’lumotlar berildi.
Ziyorat mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Yakunda delegatsiya a’zolari Akademiya rahbariyati va jamoasiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik izhor qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish