
Akademiya vakillari tajriba almashinuvida ishtirok etmoqda
Xo‘ja Ahmad Yasaviy nomidagi Qozoq-Turk universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham ishtirok etishdi.
Ushbu nufuzli anjumanda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professori Raziya Matibayeva, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Gavhar Fuzailova hamda katta o‘qituvchi Yulduzxon Dosjanova ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Akademiya vakillari konferensiya doirasida ilmiy almashinuv, tajriba va metodika bo‘yicha muhim fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Bu kabi xalqaro tashriflar akademik hamkorlikni mustahkamlash, yangi imkoniyatlar va professional o‘sish sari muhim qadam hisoblanadi.
Anjumandan so‘ng Filologiya fakultetining “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi taklifiga binoan talabalar uchun maxsus dars-trening mashg‘uloti olib bordilar.
Talabalar katta qiziqish bilan ishtirok etib, mashg‘ulot yakunida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan chiqish qildilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish