1

Sunan hadis to‘plamlarining xususiyatlari

Movarounnahr ilmiy muhitida muhim o‘rin egallovchi hadis maktablari faoliyati, muhaddislari hayoti, ularning ilmiy meroslarini o‘rganish islom tarixi va manbashunosligining dolzarb masalalaridan sanaladi. Chunki madaniy merosimizni yanada chuqurroq o‘zlashtirishda, milliy va diniy qadriyatlarimizni mustahkamlashda, xalqimiz ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda bu kabi ishlar muhim o‘rin tutadi. 

Buyuk allomalarimiz tomonidan ta’lif etilgan bir qator hadislar to‘plamlari orasida tasniflanishida o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan “Sunan” asarlar mavjud bo‘lib, ularda nafaqat sahih hadislar, balki zaif hadislar ham keltiriladi. IX asrda tasnif etilgan sunan turkumidagi hadis to‘plamlarining umumiy tuzilishi bir-biriga o‘xshash. Ularning hammasi ibodat va muomalot masalalari aks etgan kitoblar, har bir kitob esa boblardan tashkil topgan. Boblarning tarkibiga mavzuga oid bo‘lgan isnodli hadislar muallif-muhaddislarning o‘z qarashlaridan kelib chiqqan holda kiritilgan. 

Muhaddislar “Sunan”larda har bir hadisning darajalarini ko‘rsatibgina qolmay, balki ularni fiqh mavzulari bo‘yicha boblarga ajratadilar. Hadislar deyarli biror fiqhiy mazhab yoki fikr aralashtirilmagan holda boblarga bo‘lib joylashtirilgan bo‘ladi. 

Mahfuza Alimova,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy

o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti

Maqolani batafsil o‘qish uchun

Izoh qoldirish