
Akademiya rektori ICESCO tashkilotining 45-sessiyasida ishtirok etdi
Joriy yilning 25-26-fevral kunlari Tunis Respublikasida Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti ICESCO tomonidan tashkil etilgan Milliy komissiya Bosh kotiblarining 3-maslashuv uchrashuvi va Ijroiya kengashning 45-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirlarda Tashkilotga a’zo mamlakatlardan qatnashgan vakillar qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham ishtirok etdi.
Sessiyalarda 2024-yilda tashkilot tomonidan ta’lim, fan va madaniyat sohalarida amalga oshirilgan loyiha dasturlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlardan keng foydalanganligi ta’kidlandi.
Tashrif doirasida ICESCO tashkiloti mutasaddilari bilan akademiya bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalasi muhokama etildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston 2017-yilda ICESCO tashkilotiga a’zo bo‘lgan va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkilot bilan hamkorlikda alohida kafedra faoliyat yuritadi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish