1

Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Mazkur tadbir Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika OITSGA qarshi kurashish markazi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarining ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida tashkil etildi. 

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad – oliy ta’lim tashkilotlari talaba-oshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligining yuqish yo‘llari, patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasini oldini olishdan iborat. 

Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Akademiya shifokori Dilsora Azimova, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova, kafedra a’zolari hamda talabalar ishtirok etdi. 

Unda so‘zga chiqqanlar tomonidan OITS va OIV kasalligining inson salomatligiga jiddiy ta’siri, kelib chiqish oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bugun har qachongidan-da muhim ekani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida OITS/OIV kasalliklarining salbiy oqibatlari haqida videorolik namoyish etildi.

Tadbir davomida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan ijodiy ishlar (devoriy gazeta, videorolik, ijodiy ishlar, insho) tanlovining qatnashchilari taqdirlandi.

Izoh qoldirish