Ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning hayoti
Turkiston jadidlari o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayotning dolzarb muammolarini chuqur tahlil etib, ularni tanqid ostiga olganlar. Ular yevropacha idora o‘lkada joriy etish ma’qulligi haqida fikr-mulohazalar bildirganlar.
“Jadidchilik” iborasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Jadidchilik davlat boshqaruvini isloh etish va millat ma’rifatini rivojlantirish orqali jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni maqsad qilib qo‘ygan va aniq amaliy tadbirlar o‘tkazish taklif etilgan g‘oyalar tizimidir.
Jadidlar dunyoning ilg‘or davlatlaridan ko‘p jihatdan ortda qolgan Turkiston xalqlarini bo‘lajak fojialardan ogoh etish, jamiyat hayotini inqilobiy – zo‘rlik yo‘li bilan emas, balki tadrijiy – ma’rifiy yo‘l bilan ijobiy tomonga o‘zgartirish jadidchilik harakatining asosiy maqsadi, kurash usuli edi.
Turkistonda jadidchilikning yirik vakillari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ubaydulla Asadulloxo‘jayev, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Munavvarqori Abdurashidxonov, Hoji Muin, Abduqodir Shakuriy, Fayzullo Xo‘jayev, Abdulvohid Burxonov, Mirkomil Burhonov, Xudoybergan Divanov va boshqalar hisoblanadi.
Turkiston o‘lkasi shunchalik ma’rifatpar bo‘lganki har bir davrda ilm ma’rifat va yuksak ma’naviyatga intilish hech qachon to‘xtamagan. O‘lmas timsol sifatida, Turkiston xalqining ma’rifatparvarining eng og‘ir va murakkab davrda yaqqol namoyon bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Sovet mustamlakasi davrida madaniy-ma’rifiy, adabiy hayotda hech bir soha rivojlanmagan, iste’dodli insonlar kam bo‘lsada, lekin o‘z sohasining jonkuyar, ma’rifatparvar insonlari juda ko‘p edi. Ulardan biri XX asr boʻsagʻasida Turkiston jadidlari tomonidan tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat gʻoyasining yalovbardori, yangi maktab gʻoyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, oʻzbek dramachiligini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist, siyosatchi Mahmudxoʻja Behbudiydir.
Mahmudxo‘ja Behbudiy quyidagilarni yozgan edi: “Turkiston musulmonlariga lozimki, avvalo, qadim va jadid nizo nafzini qo‘yib, ittifoq istasak. Turkiston musulmonlari bundagi russiy, yahudiy va boshqalar bilan qo‘shilgan holda Turkiston hukmi (xukumati)ni ta’sis etsak, o‘zimizning majlis-mashvarat (parlament)imiz bo‘lsin desak, Turkiston musulmonlari shariat va odatlariga, o‘z zakun (qonun) va dinlariga muvofiq tiriklik qilsinlar. Turkiston yahudiylari, nasroniylari va musulmonlari uchun hammalarining manfaatlarini e’tiborga olaturg‘on qonunlar tuzilsin... O‘zimizdan bora-bora tadrijiy suratda askarlarimiz bo‘lsun. U milliy askarlarimizning vazifasini, qiyofat va shaklini, libos va maishat tarzini o‘zimiz tayin qilurmiz”.
Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda “Biz jadidchilik harakat ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaxo boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi”.
Mamlakatimiz tarixida jadidchilik harakatini salmoqli o‘rni bor va buni o‘rganish davlat siyosati darajasidagi masala hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “2020-yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida ma’rifat mash’alasini baland chiqqan ulug‘ alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanadi. Umuman, biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz chuqur kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi”, deb ta’kidlagan edilar.
Bundan tashqari “O‘zbekkino” agentligi tomonidan Mahmudxoʻja Behbudiyga bag‘ishlangan badiiy, ma’rifiy va xujjatli filmlar tayyorlandi. Televideniyalarda namoyish etildi. 2021-yil esa Mahmudxoʻja Behbudiyning xotirasini mustahkamlash uchun uy-muzeyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning mashhur olimlari “Akademnashr” nashriyoti Mahmudxoʻja Behbudiyning ikki jildlik asarlarini kitobxonlarga nashr etdi. Samarqand davlat chet tillar instituti ilmiy xodimi Dilafruz Rahmatova tomonidan “Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlari izohli lug‘ati” Samarqanddagi “Fan bulog‘i” nashriyotida, jurnalist va yozuvchi hisoblangan Xurshid Do‘stmuhammadning 2022-yili “Yuz yillik qotillik qissasi” asari chiqarildi.
Shahlo Maqsudova,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Turizm (ziyorat turizmi)” yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Izoh qoldirish