1

“Allo, sizga yordam berishimiz mumkin!..”

Keyingi vaqtlarda yurtimiz fuqarolariga notanish raqamlardan qo‘ng‘iroqlar ko‘payib, o‘zini bank yoki mas’ul tashkilot xodimi sifatida tanishtirib, hakkerlar bank hisobingizni buzib kirgani, buning oldini olish uchun shaxsiy ma’lumotlaringiz, telefoningizga yuborilgan parolni so‘rab, murojaat qiluvchi shaxslar ko‘paydi. Bundaylar kiberfiribgarlar bo‘lib, afsuski, ular bank kartangizdagi pullarni o‘zlashtirib olishga harakat qilmoqda.

Axborot texnologiyalarining keng miqyosda rivojlanishi bir vaqtning o‘zida ko‘p turdagi kiberjinoyatlar sodir etilishiga imkon yaratmoqda. Bu, o‘z navbatida, ushbu turdagi jinoyatlarni aniqlash va ular oldini olishda yuqori bilim va kasbiy tayyorgarlikni talab qilayotir.

Yoshlarga kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda tushunchalar berish, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlardan ogoh etish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida huquqbuzarlik profilaktikasiga oid tadbir bo‘lib o‘tdi. 

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ichki ishlar akademiyasi podpolkovnigi Xamidilla Aysakov, Akademiya profilaktika inspektori Muhriddin Xikmatov, kafedra professor-o‘qituvchilari, “Kompyuter injiniringi va axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan keyingi yillarda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar orasida internet firibgarligi avj olgani qayd etildi. So‘nggi vaqtlarda zamonaviy gadjetlar, interaktiv xizmatlardan foydalanishda qiyinchilikka duch keladigan sodda insonlarga kiberfiribgarlar tomonidan turli qo‘ng‘iroqlar bo‘layotgani, fuqarolardan aldov yo‘llari bilan uning shaxsiy ma’lumotlarini olib, plastik kartalaridagi pullari yechib olinayotgani yoki fuqaro xabarisiz bank kreditlarini rasmiylashtirish avj olgani ta’kidlandi.

Buning oldini olish maqsadida kiberjinoyatlarga qarshi kurashuvchi mutaxassislar tomonidan joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etilib, talabalarga zarur tavsiyalar berildi.          

Begonalarga shaxsiy ma’lumotlarni bermaslik, gadjetlarga xavfsizlikka javob beradigan parollar o‘rnatish, shubhali telefon raqamlarini ko‘tarmaslik, begona inson bilan muloqot qilmaslik kerakligi ta’kidlandi.

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Jan
09
Yoshlar bilan ishlash
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
19:54
Dec
23
Yoshlar bilan ishlash
Yangi nashr
19:01
Dec
23

Izoh qoldirish