-large.jpg)
Akademiya dotsenti Mudofaa vazirligi tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kurslarida ma’ruza qildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida xizmat qilayotgan ofitserlar hamda hududiy bo‘linmalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.
Ushbu darslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.
14 kunga mo‘ljallangan mazkur kursda tinglovchilar tarbiyaviy va mafkuraviy jarayonlarning tashkiliy hamda metodologik asoslari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash darslari bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Rahmatilla Gaipnazarovni “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” g‘oyasining mazmun-mohiyati” mavzusida ma’ruza qildi.
Akademiya dotsenti ma’rifat va bilimning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati hamda dunyoqarashini kengaytirish orqali ijtimoiy muammolarni bartaraf etish yo‘llari haqida o‘z fikrlarini taqdim qildi.




- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish