Akademiyaning xorijlik talabasi respublika olimpiadasida 2-o‘rinni egalladi
Urganch RANCH texnologiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasi o‘tkazildi.
Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
Respublikaning turli hududlaridagi 46 ta oliy ta’lim tashkilotidan kelgan 100 nafarga yaqin xorijlik talaba qatnashgan olimpiada o‘zbek tilini yuqori saviyada egallagan iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini namoyon etish hamda rag‘batlantirish uchun muhim imkoniyat yaratdi deyish mumkin.
Ochilish marosimidan so‘ng olimpiada bellashuvlariga start berildi. Ishtirokchilar o‘zbek tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Mazkur olimpiada xorijlik yoshlar orasida davlat tilini keng targ‘ib qilish, ularning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy madaniyatimizga hurmatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yakunda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi Abdurahmon Habibullayev faxrli 2-o‘rinni egallab, sovrindorlar safidan joy oldi. Shuningdek, Islomshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi Muhammadjon Bekmurzoyev hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 1-kurs talabasi Abdul Vahab Shaxnaz faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
Mazkur yutuq bilan Akademiya talabalarini tabriklab, ularning kelgusidagi o‘qish va ishlariga omad tilab qolamiz.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish