143

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi litseyida o‘quvchilar ishtirokida korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot suhbati o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Davra suhbati yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
14
Yoshlar bilan ishlash
Bir guruh talabalar taqdirlandi
13:32
Apr
27

Izoh qoldirish