
Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talaba-qizlari Milliy liboslar ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
Ko‘rgazmada talaba-qizlar o‘zbek xalqining boy milliy merosini aks ettiruvchi liboslar, bezaklar va hunarmandchilik buyumlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar milliy liboslarning yaratilish tarixi, ularning ramziy ma’nosi hamda zamonaviy modadagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, ko‘rgazma jarayonida turli viloyatlarga xos milliy kiyimlar, ipak matolar, kashtalar va bosh kiyimlar namoyish etildi. Har bir libosda o‘ziga xos rang uyg‘unligi, bezak naqshlari va milliy ruh mujassam edi.
Bu kabi tadbirlar nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi, balki yoshlarni o‘z tarixiga, madaniyatiga va milliy o‘zligiga hurmat bilan qarashga chorlaydi.




Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish