Vatan tarkini bir nafas aylama...
Bugunning gapi
Diyorimiz azal-azaldan buyuk allomalar, olim-u fozillar beshigi bo‘lgan. Xalqimiz ham ilm ahllarini qadrlagan, ardoqlagan va har tomonlama ilmiy merosga omonatdor bo‘lgan, komil shaxslarni tarbiyalashda butun dunyoga namuna bo‘lib kelgan. Bu muqaddas zaminda ilm-u urfon qaror topib, rivojlangan. Buxoro shahri “Qubbatul islom” (“Islom dinining gumbazi”), Samarqand esa yer yuzining jilosi bo‘lgan. Shuning uchun ham “Samarqand sayqali ro‘yi zamin ast, Buxoro qubbati islomi din ast” deb bejizga aytishmagan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Mansur Moturidiy, Ahmad Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalar, qomusiy olimlar shu yurtda kamol topib, butun dunyoga ilm-ma’rifat bobida ustozlik qilganlar.
Yangi O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevori yaratilmoqda. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan yurtimiz qadimdan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning ildizlari uch ming yilliklarga borib taqalishidan darak beradi.
Bugun yosh avlod ham o‘z ajdodlariga munosib avlod sifatida Uchinchi Renessansni qurishga o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim. Buning uchun ilm va tarbiyani o‘zlashtirib, yurtimizni har sohada taraqqiy etishida kamarbasta bo‘lishi zarur. Afsuski, shunday muhim jarayonlar kechayotgan bir vaqtda ba’zi ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetmasdan turib, o‘zga yurtlarga diniy ta’lim olishga safarbar qilmoqdalar. Axir Imom Buxoriydek, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariydek ulug‘ allomalar ham avval o‘z yurtlarida tahsil olganlar. O‘z vatanlarida ilmni kamolga yetkazganlar.
Ilhom Bekmirzayev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi professori
Manba: “Jamiyat” gazetasi 2024-yil 26-dekabr, 52-son
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish