Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Bugun, 25-dekabrdan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun 2024/2025-o‘quv yili qishki ta’til kunlari doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Mazkur darslar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda.
Bugungi o‘quv mashg‘ulotlari “Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish” hamda “Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari” mavzulariga bag‘ishlandi.
Unda “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musulmon Xurramov hamda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruzalar olib borildi.
O‘quv mashg‘ulotlari 7-yanvarga qadar davom etadi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish