4

Akademiyada “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan 9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlab kelinadi.

2003-yil 9-dekabr kuni esaMeksikaningMerida shahrida Birlashgan Millatlar tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha xalqaro konvensiya imzolangan.

Mazkur sanani belgilashdan maqsad korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib yetish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir.

Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda mamlakatimizda so‘ngi yillarda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida muhim huquqiy islohotlar hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatni shakllantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, talaba yoshlarning bu boradagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bilimlar bellashuvi boʻlib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan intellektual musobaqada Akademiya fakultetlari hamda magistratura mutaxassisligidan tuzilgan jamoalar oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Mazkur bellashuv O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarini ham mazkur jarayonlarda ishtirok etishga va bugungi kunda jamiyatimizda mavjud korrupsiyaviy illatlarga o‘z munosabatlarini faol ravishda bildirishiga ko‘maklashish hamda ularning huquqiy ongini oshirishga xizmat qiladi.

Bellashuv “Tanishtiruv”, “Sohaga oid bilimlarni baholash uchun test sinovlari”, “Teatrlashtirilgan kompozitsiya tayyorlash” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid maqolalar tayyorlash” kabi shartlardan iborat bo‘ldi. 

Yakunda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti jamoasi 3-o‘rinni, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti jamoasi esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, g‘oliblik Islomshunoslik fakultetiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar Akademiya mas’ullari tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish