Millatlararo munosabatlarni tartibga solishga oid davlat siyosati: Xitoy tajribasi tahlili
Zamonaviy siyosiy va boshqaruvga oid fanlarda “milliy xavfsizlik” yoki “davlat xavfsizligi” tushunchalarining mazmun-mohiyatida millatlararo totuvlik va barqarorlik asosiy tayanch omil sifatida koʻrsatiladi. Shundan kelib chiqib, yakdil millatlararo munosabatlarning ahamiyatini baholash, millatlararo munosabatlarga oid samarali xorij tajribasini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu masala, birinchi navbatda, fuqarolarning xavfsiz yashashini taʼminlashi bilan birga, nafaqat oʻzga davlatning, balki butun jahon hamjamiyatining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Xalqaro munosabatlar chegaralarining kengayishi munosabati bilan turli darajadagi millatlararo totuvlikni taʼminlash zamonaviy geosiyosiy jarayonlarda dolzarb masalalardan biridir.
Rivojlangan davlatlar orasida Xitoyning millatlararo munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish tajribasi oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu, birinchi navbatda, Xitoyning bugungi kunda koʻplab sohalarda, jumladan, yuqori texnologiyalar, iqtisodiy, innovatsion sohalarda jahon yetakchisi ekanligi, shuningdek, Xitoy hukumati bir necha yillardan buyon butun dunyodan yuqori malakali mutaxassislarni mamlakatga faol jalb etib kelayotgani bilan bogʻliq. Ularning Xitoy fuqarolari bilan uygʻun yashashi uchun davlat darajasida ishlab chiqilgan siyosat samaradorligi bugun isbotini topmoqda.
Shu nuqtai nazardan, biz ushbu maqola doirasida Xitoyning hozirgi rivojlanish bosqichida millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatining xususiyatlarini koʻrib chiqamiz.
Habibullo Sadibaqosev,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani,
siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Manba: “Jamiyat va boshqaruv” jurnali
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish